2025-yil 23-noyabrdan 14-dekabrgacha FIDO-BIZNES jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi IT Parki tomonidan tashkil etilgan "IT Park futbol chempionati 2025"da ishtirok etdi.
Jamoa matonat, gʻalabaga boʻlgan iroda va jamoaviy ruhni namoyish etib, yarim finalga yoʻl oldi va uchinchi oʻrinni egalladi.
Uchinchi toifali dasturchi Rahmatillo Joʻrayev chempionatning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.