Korxonamiz Xotira va Qadrlash bayrami arafasida Toshkent shahar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida bo‘lib, keksalarga bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Ikkinchi jahon urushi veterani Vera Anatolyevna Juravskayani ham ziyorat qildik va ularga gul va sovg‘alar topshirdik. Vera Anatolyevna 1945 yil aprel oyida kontslagerda tug'ilgan. Uning ota-onasi urush faxriylari edi. U bilan suhbatlashish va uning oilaviy hikoyasini eshitish korxonamiz xodimlariga juda ham qiziq boldi.
Biz ularning jasoratini eslaymiz va Ulug' Vatan urushining barcha ishtirokchilariga hayot uchun, boshimizdagi tinch osmon uchun rahmat aytamiz!
Мы используем файлы cookie, чтобы улучшить ваше взаимодействие с нашим сайтом. Просматривая этот сайт, вы соглашаетесь на использование нами файлов cookie.