Новости

Toshkent shahridagi INHA universiteti va FIDO-BIZNES o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent shahridagi INHA universiteti va FIDO-BIZNES o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

11 oktabr kuni Toshkentdagi INHA universiteti rektori M. Jalolov va FIDO-BIZNES kompaniyasi hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Tomonlar o'rtasidagi hamkorlik doirasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

      • Universitet talabalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish;

      • Universitet talabalarini axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasida malaka va bilimlarini oshirish maqsadida FIDO-BIZNES kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan amaliyot va qo'shma tadbirlarga jalb etish;

      • Talabalar uchun treninglar va mahorat darslarini birgalikda o'tkazish.