Olmaotadagi Swift Central Asian konferentsiyasi Markaziy Osiyoning beshta mamlakat banklaridan delegatlarni innovatsiya, uzluksiz tranzaksiya va muvofiqlik kabi mavzular bo'yicha mazmunli muhokamalarga jalb qildi. Shuningdek, ishtirokchilar g'oyalar, bilim va tajribalar, eng yaxshi amaliyotlar, yondashuvlar bilan o'rtoqlashish va bozorda yangi texnologiyalarni o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Konferensiyada Swift tashkilotining o'zi va Markaziy Osiyoning 5 mamlakatidan bank hamjamiyati/regulyatorlar vakillari ma'ruzachilari so'zga chiqdilar. Tadbir ochilishiga Qozog'iston Respublikasi Milliy banki raisi taklif qilindi.
FIDO-BIZNES nomidan Bosh me'mor Shayusupov Shohaydar Abduvaliyevich so‘zga chiqib, milliy to‘lovlarni rivojlantirish va Swift tashkiloti bilan 2023-yilda boshlangan hamkorlik haqida gapirib berdi.
Swift Markaziy Osiyo konferensiyasi

22
May