Новости

Qorako‘l xalqaro matematika maktabiga tashrif

Qorako‘l xalqaro matematika maktabiga tashrif

2025-yil 13-oktabr kuni FIDO-BIZNES vakillari Qorako‘l xalqaro matematika maktabiga tashrif buyurishdi. Maktab rahbariyati bilan kelgusida hamkorlik qilish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Farida Dadajonova zamonaviy jamiyatda IT-texnologiyalarning o‘rni, bilimning shaxs va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati kabi mavzularga to‘xtalib o‘tdi. Texnik direktor o‘rinbosari Marat Do‘rmonov va guruh rahbari Suyun Mamanazarov kompaniya, uning loyihalari, istiqboldagi rivojlanishi haqida ma’lumot berdi.

Umid qilamizki, bizning kelajakdagi hamkorligimiz samarali va maktab uchun ham, kompaniya uchun ham foydali bo'ladi.