Новости

Stol tennisi bo‘yicha chempionat finali

Stol tennisi bo‘yicha chempionat finali

2026-yil 30-sentabr kuni «FIDO-BIZNES» kompaniyasi ofisida stol tennisi bo‘yicha korporativ turnirning uzoq kutilgan final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Chempionat 2026-yil 7-sentabr kuni start olgan edi. Bir oy davomida kompaniya xodimlari hal qiluvchi bosqichga chiqish uchun qizg‘in bahs olib borib, yuqori mahorat, tezkorlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodani namoyish etdilar. Chempionatda yakkalik bahslarida 42 nafar, juftlik bahslarida esa 36 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Final uchrashuvlari muxlislarni so‘nggi setgacha hayajonda ushlab turdi. Har bir set jo‘shqin olqishlar va yuqori sport ehtiroslari bilan kechdi.

Yakkalik va juftlik bahslarida birinchi o‘rinni ketma-ket uchinchi yil Hasanov Diyor — Axborot xavfsizligi tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish departamenti mutaxassisi egalladi. Barakalla, Diyor! Turnir g‘oliblari va sovrindorlarini samimiy tabriklaymiz! Shuningdek, barcha ishtirokchilarga chiroyli va halol o‘yinlari hamda yorqin sport bayramini yaratishga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildiramiz!