Новости

Kompaniya ofisida Navro’z bayrami

Kompaniya ofisida Navro'z bayrami

2025-yil 3-aprel kuni kompaniyamiz ofisida biz bahor va orziqib kutilgan Navro'z bayramini nishonladik.

Korxona prezidenti Talat Karimovich Dadajanov “FIDO-BIZNES”  jamoasini tantanali tabriklab, barchaga mustahkam sog‘lik, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tiladi.

Quvnoq va baland musiqa ostida kompaniya xodimlari bir-birlarini tabriklashdi, sharqona shirinliklar, issiq samsalar, shirin ichimliklar va issiq choy bilan siylashdi, raqsga tushishdi, kulishdi, sumalak pishirishdi.

Har bir inson o'zini ijobiy energiya va yaxshi kayfiyat bilan to'liq to'ldirishga muvaffaq bo'ldi.