Новости

Istanbulda islom bank ishi va fintech treningi

Istanbulda islom bank ishi va fintech treningi

2024-yil 12-16 dekabr kunlari kompaniyaning ikki nafar xodimi Xo‘jaev Oybek va Ergashev Umid Istanbul shahrida (Turkiya) “Islom bank ishi va fintech” mavzusida o‘quv kurslarini tamomladilar.

Quyidagi mavzular o'rganildi:

 - Islom moliyasining mohiyati va maqsadlari. Biznes strategiyasini aniqlash.

- Bank va fintech sohasidagi tendentsiyalar, islom moliyasidagi zamonaviy texnologiyalar, undan foydalanish bo‘yicha jahon tajribasi.

- O‘zbekistonda blokcheyn (investitsion sukuk, muboraba, kompaniya, ishonchli boshqaruv) asosida mablag‘larni jalb qilish.

Amaliy mashg‘ulot sifatida Turkiyaning ikki tijorat bankiga tashrif buyurishdi.