2025-yil 6-dekabr kuni kompaniyamiz GDG DevFest 2025 festivalining bosh homiysi sifatida ishtirok etdi.
Festivalda 2 000 dan ortiq ishtirokchi va Google, Yandex, TikTok, Pinterest hamda Bank of America kabi kompaniyalardan 13 nafar xalqaro spiker qatnashdi. GDG DevFest — bu Google Developers Group tomonidan har yili o‘tkaziladigan global tadbirlardan biri bo‘lib, unda dasturchilar, IT-mutaxassislar va texnik mutaxassislar Google’ning so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishadilar.
Mustafoyev Jaloliddin “Qanday qilib xavfsiz CI/CD qurish mumkin?” mavzusidagi taqdimotida ishlab chiqish jarayonining barcha bosqichlarida xavfsizlikni ta’minlashga oid asosiy amaliyotlar va vositalarni yoritib berdi.
Bizning stendimiz tadbir ishtirokchilarining katta e'tiborini tortdi.
Мы используем файлы cookie, чтобы улучшить ваше взаимодействие с нашим сайтом. Просматривая этот сайт, вы соглашаетесь на использование нами файлов cookie.