Новости

Fido Biznes UZCARD milliy kredit kartalarini ilk bor joriy etish uchun texnologik asos yaratdi

Fido Biznes UZCARD milliy kredit kartalarini ilk bor joriy etish uchun texnologik asos yaratdi

Loyiha Fido Biznes'ning texnologik yechimlari hamda UZCARD milliy to'lov tizimi imkoniyatlarini birlashtirdi. Loyiha doirasida kompaniya Integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi (IABT)da yangi karta mahsulotining to'liq hayot sikli qo'llab-quvvatlashni amalga oshirdi — kredit kartasini ochish va kredit limitini boshqarishdan tortib operatsiyalarni hisobga olish hamda kredit qarzdorligini yuritishgacha bo'lgan barcha jarayonlarni qamrab olib, mahsulotni bank tizimida qo'llab-quvvatlash uchun texnologik asos yaratdi.

Birinchi milliy kredit kartalarining ishga tushirilishi bank xizmatlarini rivojlantirishdagi muhim bosqich bo'ldi. Endilikda bank mijozlari imtiyozli davr mobaynida qarzdorlikni to'liq so'ndirgan taqdirda foizlar hisoblanmaydigan kredit limiti orqali tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Kredit kartasi — bu kompleks bank mahsuloti bo'lib, uning to'liq ishlashi uchun karta protsessing tizimi, IABT, kredit hisobi, skoring mexanizmlari, qarzdorlikni boshqarish hamda kredit bozori tashqi infratuzilmasining o'zaro integratsiyalashgan ishlashi zarur.

«Birinchi milliy kredit kartalarining ishga tushirilishi UZCARD to'lov infratuzilmasini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir. Biz banklarga jahonning ilg'or amaliyotlariga mos zamonaviy karta yechimlarini, foydalanuvchilarga esa kundalik hisob-kitoblar uchun qulay va tushunarli moliyaviy mahsulotni taklif etishga intilamiz. UZCARD kredit kartalarining paydo bo'lishi O'zbekistonda naqdsiz to'lovlar rivojiga hamda zamonaviy moliyaviy xizmatlar ommabopligini yanada oshirishga yangi turtki beradi, deb ishonamiz», — dedi UZCARD kredit mahsulotlarini rivojlantirish bo'yicha direktor Rustam Shamuradov.

Loyiha doirasida Fido Biznes IABTda yangi karta mahsulotini kompleks qo'llab-quvvatlashni amalga oshirdi: kredit kartalarini ochish, kredit limitlarini boshqarish, UZCARD protsessing platformasi bilan ma'lumot almashish, operatsiyalarni avtomatlashtirilgan hisobga olish, mijoz majburiyatlarini hisoblash, qarzdorlikni yuritish, to'lov jadvalini shakllantirish va to'lovlarni nazorat qilish. Bunday yechim bankka kredit kartasining butun hayotiy sikli — chiqarilishidan va limit belgilanishidan boshlab operatsiyalarni hisobga olish hamda mijoz majburiyatlari yopilguniga qadar — ishonchli texnologik asos yaratadi.

Yechim arxitekturasi kredit karta mahsulotini bankning yagona texnologik muhitda boshqarish imkonini beradi, IABTning amaldagi ish modelini saqlab qoladi va keyingi bosqichdagi kengayish uchun asos yaratadi. Kelgusida bu bankka kredit karta mahsulotlari qatorini rivojlantirish, xizmat ko'rsatish parametrlarini kengaytirish hamda zarurat tug'ilganda protsessing infratuzilmasi bilan yangi integratsiya ssenariylarini joriy etish imkonini beradi.

«Kredit kartasini ishga tushirish — bu nafaqat yangi karta mahsulotini chiqarish, balki kredit limiti, operatsiyalar hisobi, protsessing markazi bilan o'zaro ishlash hamda karta hayotiy siklining barcha bosqichlarini qo'llab-quvvatlaydigan bank infratuzilmasini kompleks modernizatsiya qilishdir. Loyiha davomida biz banklar odatiy biznes-jarayonlarini o'zgartirmasdan turib yangi mahsulotni joriy eta olishi va shu bilan birga karta biznesini yanada rivojlantirish uchun ishonchli texnologik asosga ega bo'lishiga alohida e'tibor qaratdik», — dedi Fido Biznes bosh direktori Farida Dadajanova.

Banklar uchun kredit kartalarini ishga tushirish chakana mahsulotlar qatorini kengaytirish, qo'shimcha daromad manbalarini yaratish hamda bozordagi raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi. Bunda muhim jihat nafaqat yangi karta mahsulotini chiqarish, balki kredit mahsuloti bilan bog'liq barcha jarayonlarning barqaror ishlashini ta'minlaydigan va kredit karta mahsulotlari qatorini kelgusida kengaytirish uchun mustahkam texnologik poydevor yaratadigan infratuzilmani shakllantirishdir.

Loyihaning amaliy natijasi sifatida mahsulot birinchi hamkor bank — MKBANKda ishga tushirildi. 25-iyundan boshlab UZCARD kredit kartasini bankning barcha xizmat ko'rsatish markazlari va ofislarida rasmiylashtirish mumkin.

Birinchi milliy kredit kartalarining joriy etilishi O'zbekiston to'lov infratuzilmasini rivojlantirishdagi muhim bosqich bo'ldi. Loyiha Fido Biznes'ning texnologik ekspertizasi hamda UZCARD imkoniyatlarini birlashtirib, mamlakat bank bozorida zamonaviy karta mahsulotlarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratdi.