2026-yil 16-iyul kuni Fido Biznes Akademiyasida "O'zbekistonda Islom bankchiligi: Texnologiyalar, investitsiyalar va banklar uchun yangi imkoniyatlar" mavzusida yopiq sanoat tadbiri bo'lib o'tdi. Unda banklar, mikromoliya tashkilotlari, fintech kompaniyalari, regulyatorlar va soha mutaxassislari. O'zbekistonda Islom bankchiligini rivojlantirish bilan bog'liq amaliy masalalarni muhokama qilish uchun bir joyga to'plandilar.
Tadbir davomida islomiy moliyaning global tendensiyalari, banklar uchun strategik yondashuvlar hamda mahsulotlarni amaliy joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ishtirokchilarga FB Islamic Finance («Islomiy darcha») platformasi namoyish etildi. Mikroxizmatlar (microservices) arxitekturasiga asoslangan ushbu yechim mavjud AT infratuzilmasini modernizatsiya qilmasdan islomiy moliyaviy mahsulotlarni ishga tushirish imkonini beradi. Tadbirning asosiy xulosasi: bozor texnologik va me'yoriy jihatdan tayyor. Keyingi qadam esa banklarning strategik qarorlariga bog‘liq.
Мы используем файлы cookie, чтобы улучшить ваше взаимодействие с нашим сайтом. Просматривая этот сайт, вы соглашаетесь на использование нами файлов cookie.